Moskvaning SSKA klubi  Premyer-liganing 12-turida Qozonda “Rubin” mehmoni boʻldi. Oʻyin 0:0 hisobida tugadi. Bahsdan soʻng hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev armiyachilarning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Bu futbolchimizning ketma-ket uchinchi oʻyinda shunday sharafga sazavor boʻlishi.

Qozonliklar safida toʻp surayotgan oʻzbekistonlik futbolchilar – Ashurmatov va Rahmonaliyev bu safar maydonga tushmadi.