Charm qoʻlqop ustamiz 6-noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida rossiyalik sobiq jahon chempioni Rajab Butayevga qarshi ringga koʻtariladi. Butayev 2021-2022-yillar oraligʻida WBA yoʻnalishi chempioni boʻlgan. Ayni paytda u WBA reytingida 4-oʻrinni egallab turibdi.
Maʼlumot uchun, Rajab Butayev hamyurtlarimiz Shahram Gʻiyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimovning jamoadoshi hisoblanadi. Hisobida 14 gʻalaba (11 nokaut) va 1 magʻlubiyat bor. Yagona magʻlubiyatini oʻtgan yilning 16-aprel kuni oʻtkazgan ilk himoya jangida litvalik Eymantas Stanyonisdan qabul qilib olgan.
32 yoshli Fazliddin Gʻoibnazarov prof boksda 11 gʻalaba (6 nokaut) va 1 magʻlubiyat qayd etgan. Yagona magʻlubiyatini 2019-yilda Maykl Foksdan qabul qilib olgan. 2022-yilning 2 dekbar kuni "Humo Arena"da yana bir hamyurtimiz Jamshid Karimovni ochkolar hisobiga koʻra taslim etgan edi. Bu uning hozircha soʻnggi jangi boʻlib turibdi.
Qiziq bir maʼlumot, Fazliddin Butayevga qarshi jang oʻtkazgan uchinchi oʻzbek bokschisi boʻladi. Bunga qadar Rajab 2017-yilda bokschilarimiz Sherzodbek Olimjonov va Bahrombek Payozovni muddatidan avval magʻlubiyatga uchratgan edi.