Fermer tabiatga 43 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

    Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari Oqdaryo tumanida joylashgan “M.M.M.N” fermer xoʻjaligi faoliyatini tekshirdi.

    Oʻrganish davomida fermer xoʻjaligiga tegishli ekskavator va yuk mashinasi yordamida Qoradaryo daryosidan qum-shagʻal aralashmasi noqonuniy ravishda qazib olingani aniqlandi.

    Tekshiruv natijalariga koʻra, mazkur qonunbuzarlik oqibatida tabiatga 43 milliard 12 million 57 ming 536 soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

    Hozirda qum-shagʻal qazib olingan texnikalar jarima maydoniga joylashtirilgan. Holat boʻyicha tayyorlangan hujjatlar esa Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborilgan.