Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Nurota tumanida yashovchi N.T. “J.B.” fermer xoʻjaligi rahbari Y.N. bilan oʻzaro til biriktirib, xoʻjalikning 80 gektar yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan fuqaro M.X.ga 1 mlrd soʻmga sotishga kelishib, oldindan 700 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, Nurota tumanida yashovchi Z.X. “M.B.” oilaviy korxonasi rahbari B.M. bilan oʻzaro til biriktirib, ushbu korxonaga qarashli yer maydoni bilan birga davlat zaxirasidan yana 16 gektar jami 32 gektar yer maydonini fuqaro T.K.ga 30 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.