Tekshiruvda Kadastr agentligining Fargʻona tumani filiali mutaxassisi S.O. filialning sobiq xodimi muqaddam JKning 228-moddasi bilan sudlangan G.R. bilan oldindan til biriktirib, “A.O.» fermer xoʻjaligining 1,5 gektar ochiq yer maydonining 18 sotixida goʻyoki 2 ta 9 sotixli uy-joy mavjudligi haqida soxta kadastr hujjatlarini tayyorlashib, ushbu 18 sotix yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yoʻli bilan 7 500 AQSH dollariga sotganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida S.O va G.R. tomonidan 200 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.