Fermer xoʻjaliklariga ajratilgan mineral oʻgʻitlar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

    Xavfsizlik 19 Aprel 2021 972

    Fuqaro S.K.ning yashash xonadonida yashirin ishlab chiqarilgan sifatsiz mineral oʻgʻitdan 25 tonnasini 32,5 mln soʻmga xarid qilib, tumandagi fermer xoʻjaliklariga haqiqiy “Ammafos” mineral oʻgʻiti sifatida tarqatib yuborgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Agrokimyohimoya” XAJ Baliqchi tumani filiali ekspeditori Sh.R. va boshqalar oldindan til biriktirib, fermer xoʻjaliklariga ajratilgan 25 tonna “Ammafos” mineral oʻgʻitini har bir tonnasini 3,5 mln soʻmdan hisoblab, jami 87,5 mln soʻmga “A.” MCHJ ishchisi D.Q.ga sotib yuborib, filial manfaatlariga 91,4 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

    Shuningdek, Sh.R. oʻzining noqonuniy harakatlarini va yetkazilgan zararni yashirish maqsadida, fuqaro S.K.ning yashash xonadonida yashirin ishlab chiqarilgan sifatsiz mineral oʻgʻitdan 25 tonnasini 32,5 mln soʻmga xarid qilib, tumandagi fermer xoʻjaliklariga haqiqiy “Ammafos” mineral oʻgʻiti sifatida tarqatib yuborgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.