Shuningdek, Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 229 prim 6-moddasi bilan jinoyat deb topiladi.
Xususan, Jinoyat ishlari boʻyicha Baxmal tuman sudning 11.03.2024 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi JKning 229 prim 6-moddasi bilan sudlangan А.И.нинг hisobidan 43 million soʻm jarima jazosini davlat foydasiga undirish haqidagi ijro varaqasi Byuroning Baxmal tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga nisbatan ijro ishi qoʻzgʻatilib, nusxalari taraflarga yuborilgan.
Olib borilgan ijro harakatlar natijasida А.И.дан 43 million soʻm jinoiy jarima toʻliq undirilishi taʼminlandi.
Ushbu jarima fuqaro А.И. ga va boshqalarga dars boʻlib, yerdan unumli foydalanish kerakligini, boshqa bunday jinoiy ishlar bilan shugʻullanish ogʻir oqibatlarga olib kelishini tushunib yetsa yaxshi boʻlardi.