Pensiya jamgʻarmasining maʼlum qilishicha, jamgʻarma tomonidan shu yilning fevral oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.

Pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,4 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 82 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-fevral kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.