Fevral oyida ham “Onix” avtomobili ishlab chiqarilgan

    “Cobalt” esa o'tgan oyda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo'yicha yetakchilik qilmoqda.

    Statistika agentligi avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023-yilning fevral oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sonini e'lon qildi. Unga ko'ra:

    — “Cobalt” — 7 673 dona

    — “Damas” — 6 149 dona

    — “Lacetti-Gentra” — 5 174 dona

    — "Tracker" — 1 087 dona

    — “Nexia T-250” — 467 dona

    — “Onix” — 112 dona

    — Maxsus yengil avtomobillar — 2 057 donani tashkil etadi.