Kuni kecha ushbu ko'rik-tanlovning Toshkent viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichida tuman-shahar bosqichlarida g'olib bo'lgan 22 nafar yoshlar yetakchilari 4 ta shart bo'yicha o'zaro kuch sinashishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra O'rta Chirchiq tumani Obod mahallasi yoshlar yetakchisi Baxtigul Azatova 3-o'rinni, Chinoz tumani Birlik mahallasi yoshlar yetakchisi Sarvarbek Mirzayev 2-o'rinni egalladi. Oqqo'rg'on tumani Guliston mahallasi yoshlar yetakchisi Azamat Nomazov ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi g'olibi deb topilib respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Tadbir so'nggida tanlov ishtirokchilari va g'oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg'alari hamda diplom bilan taqdirlandilar, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.