Kecha FIFA Ruanda poytaxti Kigalida oʻtgan kongressda ilk marta 48 jamoa ishtirokida oʻtadigan 2026-yilgi jahon chempionati formatini tasdiqladi. Bu mundial AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi.

Dastlab jamoalarni 3tadan 16ta guruhga boʻlish rejalashtirilgandi. Ammo FIFA bu gʻoyadan voz kechib, 4ta jamoadan iborat 12ta guruhni maʼqulladi. Guruhlarda dastlabki ikki oʻrinni egallaganlar va 3-oʻrin sohiblaridan eng yaxshi 8ta jamoa 1/16 finalga yoʻl oladi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, yangi formatda 104ta oʻyin oʻtkaziladi. Taqqoslash uchun, 32ta jamoa ishtirokidagi chempionatlarda 64ta oʻyin boʻlib oʻtgan. Turnir 39 kun davom etadi.