FIFA, shuningdek, bu Braziliya terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionati va 2024-yilgi Amerika kubogi uchun Janubiy Amerika saralash bosqichidagi ishtirokiga ta'sir qilishini qo'shimcha qildi.
Dekabr oyi boshida Rio-de-Janeyro shtati sudi CBF prezidenti Ednaldo Rodrigesni o'tgan yilgi saylovlardagi qonunbuzarliklar tufayli lavozimidan chetlatgan edi. FIFA vakillarining fikricha, bu davlat organlarining mamlakat futbol assotsiatsiyalari ishiga aralashmaslik to'g'risidagi nizomga ziddir.
Ednaldo Rodriges 2021-yilning 25-avgustidan buyon mazkur lavozimini egallab kelmoqda. Joze Perdis de Jezus CBFning rahbari vazifasini bajaruvchi bo'ldi, deb xabar beradi mir24.tv.