Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima toʻlovlarini 45 kun mobaynida toʻlashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha taqiq qoʻyilishi haqida ogohlantirish bergan.
Bugun FIFA 45 kunlik muddat yakuniga yetganini inobatga olib, “Nasaf”ga transfer taqiqi qoʻydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni oʻz safiga qoʻshib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim boʻladi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi rasmiy telegram kanali.