FIFA sayti jamoalarning iyun oyi yakuni boʻyicha reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy jamoasi may oyidagi joyini ؘ– 74-oʻrinni saqlab qolgan. Vakillarimizning Osiyo qitʼasidagi oʻrni ham oʻzgarmagan – 10-oʻrin.

Shunisi qiziqki, reytingda kuchli oʻnlikda ham oʻzgarish boʻlmagan. Argentina 1-oʻrinda,  Fransiya 2-oʻrinda va Braziliya 3-oʻrinda turibdi. Shuningdek, top oʻnlikdan  Angliya (4), Belgiya (5), Xorvatiya (6), Niderlandiya (7), Italiya (8), Portugaliya (9) va Ispaniya (10)  joy olgan.

Osiyo jamoalari orasida esa Yaponiya oldinda – 20-oʻrin.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy jamoasi mart oyida 74-oʻringa koʻtarilib, oxirgi 5 yillikdagi eng yaxshi natijasiga erishgandi.