Unda Oʻzbekiston milliy jamoasi 1277 ochko bilan 85-oʻrinni egallagan. Bu 2021-yilning dekabr oyi yakuni koʻrsatkichidan bir pagʻona pastlash degani.

Osiyo mamlakatlari orasida Eron peshqadam. U 21-oʻrinda qayd etilgan. Oʻzbekiston esa Yaponiya (23), Janubiy Koreya (29), Avstraliya (37), Qatar (52), Saudiya Arabistoni (53), BAA (69), Iroq (74), Xitoy (75), Ummon (79)dan soʻng 11 oʻrinda.

Jahon reytingida hamon Belgiya peshqadam. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Braziliya hamda Fransiya egallab turibdi. Shuningdek, Argentina, Angliya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari kuchli oʻnlikdan joy olgan.