“Ma'lumotlarga ko'ra, seshanba kuni soat 16:00 (Moskva vaqti bilan 11:00) da Iloilo viloyatidan Antik shahriga ketayotgan Ceres kompaniyasi avtobusi Xamtik shahrida jarlikka tushib ketishi oqibatida 25 nafar yo'lovchi halok bo'ldi”, — deya xabar beradi agentlik.
Avtobusda 53 nafar yo'lovchi bo'lgan. Jarohat olganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Filippin Jamoat ishlari va avtomobil yo'llari vazirligining mahalliy idorasi matbuot kotibi Primrouz Zamora voqea sodir bo'lgan yo'l chorshanba kuni to'liq tekshirilishini aytdi, deb xabar beradi ria.ru.