Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi mintaqaviy direktori Ednar Dayangirangning ma'lum qilishicha, Filippin qirg'oqlari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida bir kishi halok bo'lgan.
Filippin vulqonologiya va seysmologiya institutining (PHIVOLCS) yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, zilzila magnitudasi 7,4 ni tashkil qilgan.
“Men hozirgina shahar hokimi bilan gaplashdim, u zilzilaning birinchi qurbonini tasdiqladi”, dedi Dayangirang mahalliy Inquirer gazetasiga.
Uning qayd etishicha, Mindanao orolidagi Sharqiy Davao viloyatidagi Kalapagan tog'li qishlog'ida yashovchi fuqaro beton bloklar qulashi oqibatida halok bo'lgan. Hududda bitta uy ham qulab tushgan.
Zilzila tufayli mintaqaning bir qancha shaharlarida maktablar faoliyati to'xtatildi. Binoga zarar yetkazilgani xabar qilingan. Sunami xavfi tufayli evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi ria.ru.









