Tadqiqot rahbari Xayko Risherning so'zlariga ko'ra, laboratoriyada ishlab chiqarilgan qahva ta'mi jihatidan 80 foiz haqiqiy qahvaga o'xshaydi. “Bu usulda qahva tayyorlash ko'plab yangi texnologiyalarni talab qiladi. Qahva, masalan, lazer nurlari yordamida qovuriladi”, deb ta'kidladi olim.
Mahsulot Beanless Coffee (donsiz qahva) deb nomlandi. Tadqiqotchilar ularning ishlanmasi ishlab chiqaruvchilarni qiziqtirishiga umid qilishmoqda. Laboratoriyada tayyorlangan qahva uchun oziq-ovqat mahsuloti maqomini olish jarayoni taxminan to'rt yil davom etishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.