Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi 1989-y.t. fuqaro A.J. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning bank kartasidan jami 8.300.000 soʻm pullarini yechib olganligini va aybdor shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgar Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumanidagi tijorat banklaridan birida menejer lavozimida ishlovchi 1995-y.t., A.B. ekanligi aniqlangan.

A.B. oʻz mansabidan foydalanib, fuqaro A.J.ning bank kartasi boshqaruvini qoʻlga kiritgan va oʻzlashtirilgan pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

A.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.