Interpolning Oʻzbekiston va Polsha Milliy markaziy byurolari xodimlarining qidiruvi natijasida 2022-yil mart oyi boshlarida Varshavada asli samarqandlik 36 yoshli Oʻzbekiston fuqarosining manzili aniqlanib, qoʻlga olingan. U Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan koʻp miqdordagi firibgarlik sodir etgani uchun Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur jinoyatga aloqador shaxs fuqarolarning ishonchini qozonib, AQSHda ishga joylashish va viza yordamini olishda koʻmak berishini taklif qilib, ulardan katta miqdorda pul olgan. Firibgarlik xizmatlarini tugatgandan soʻng, u mamlakatni tark etib, chet elda yashiringan.

Shu kunlarda Oʻzbekiston va Polsha Interpol xodimlarining muzokaralari va hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxs qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga topshirilgan.