Tekshiruvda fuqaro A.Ch. “F.B.” MCHJ rahbari A.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Doʻmbirobod” MFY hududida qurilayotgan koʻp qavatli savdo kompleksi oldida joylashgan umumiy maydoni 428,4 m2 boʻlgan avtoturargohda ushbu MCHJ tomonidan zamonaviy koʻrinishdagi savdo shoxobchalarini qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yoʻli bilan tadbirkorning 35 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, A.Ch. oʻz ixtiyori bilan 35 000 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.