Maʼlum boʻlishicha, A.A. va R.I. xorijda ishlash maqsadida borgan, ammo xususiy bandlik agentligi tomonidan aldangan. Natijada ular ishsiz va mablagʻsiz holatda qolib ketgan.
Shundan soʻng fuqarolar Oʻzbekistonning Budapesht shahridagi elchixonasiga murojaat qilib, vatanga qaytish uchun yordam soʻragan.
Masala tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etildi va Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan aviachiptalar xarid qilinib, hamyurtlarning Oʻzbekistonga qaytishi taʼminlandi.