Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda takroran, lekin boshqa zararli havola orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti koʻrinishidan foydalanib tarqatilayotgan “650.000 soʻm toʻlovni beradigan qonun loyihasi chiqdi, lekin faqat 18 yoshgacha boʻlgan bolali oilalarga” mazmunidagi xabarlar kelsa, ASLO ularga ISHONMANG. Ushbu xabarlar YOLGʻON.

Ehtiyot boʻling firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmang. Firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.