Firibgarlik bo'yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda

    Mardon YOqubov hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish kabi jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan.

    Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi "a" bandi ("firibgarlik, juda ko'p miqdorda zarar etkazish"), 228-moddasi 2-qismi "a, b" bandlari va 3-qismi ("hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish") bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

    Ma'lum qilinishicha, YOqubov Mardon Farrid o'g'li 1986 yilda tug'ilgan.

    "Hurmatli fuqarolar! Agar Siz ushbu shaxsning qaerda ekanligi haqida biror ma'lumotga ega bo'lsangiz yoki ushbu shaxsdan jabr ko'rgan bo'lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-40-39, 71-206-41-15 yoki 102 raqamlariga yoxud 98-300-70-08 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so'raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi" deyiladi xabarda.