U joriy yilning fevral` oyida Janubiy Koreyadan manikyur va kiprik o'stirish moslamasi olib kelish maqsadida undan 52 ming AQSH dollari olgan tanishi 28 yoshli Sohiba R.ga nisbatan chora ko'rishni so'radi. Umida haligacha moslamani ham, pullarni ham olmagan.
Ma'lum bo'lishicha, Sohiba pullarni o'z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi («Firibgarlik») bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda.
SHu kunning o'zida shu kabi ariza YAshnobod tumani IIO FMBga ham kelib tushgan. Unda MCHJlardan birining rahbari 43 yoshli Toirbek U. boshqa MCHJ rahbari bo'lmish 64 yoshli Muhiddin K. va Ibodulla A.larga nisbatan chora ko'rishni so'ragan.
Arizaga ko'ra mazkur shaxslar Germaniyadan chiqindilarni qayta ishlash moslamasini olib kelish bahonasida arizachidan joriy yilning 3 fevral` kuni 15 000 AQSH dollari olishgan.
Biroq Muhiddin va Ibodulla va'dalarida turmasdan, pullarni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborganlar. Ushbu fakt asosida YAshnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov olib borilmoqda.
Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Ma'lum xizmat ko'rsatish turi xizmat vazifalariga kirmagan shaxslarga pul berishga shoshilmang, hattoki ular yaxshi tanigan odamlaringiz bo'lgan taqdirda ham. Har bir kelishuvni notarius orqali tasdiqlagan afzal.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati