Termiz tumanida yashovchi tadbirkor N.F. Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019-yilning 28-noyabr kuni, Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi D.O. ishonchiga kirib, oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib berishni vaʼda qilib, viloyat hududida faoliyat olib borayotgan banklarning birida akasi D.A.ning nomiga ochilgan hisob raqamiga 350.000.000 (uch yuz ellik million) soʻm miqdorda pullarni oʻtkazdirib olib, ushbu pullarni oʻzlashtirib ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan 9-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









