Firibgarlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan erkak Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

    Xalqaro hamkorlik 30 Iyun 2025 568

    Firibgarlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan 29 yoshli erkak Turkiyada ushlanib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

    Qayd etilishicha, IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib poytaxt IIBB tomonidan qidiruvda boʻlgan Davlatbek Doniyor oʻgʻli Yesinov Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan hamda Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvga berilgan, 1996-yilda tugʻilgan Yesinov Davlatbek Doniyor oʻgʻli Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida qoʻlga olingan.

    Ushbu shaxsning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolar boʻlsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlari soʻralgan.