“Fizika-2022” ikkinchi Xalqaro Forumi boshlandi

    Forumda 200 dan ortiq ilm-fan namoyondasi ishtirok etmoqda.

    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan davlat universiteti hamkorligida “Fargʻona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish istiqbollari” muhokamasiga bagʻishlangan “Fizika - 2022” ikkinchi Xalqaro Forumi oʻz ishini boshladi.

    Forumda mahalliy va xorijiy akademiklar, professorlar, fizika fani boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 dan ortiq ilm-fan namoyondasi ishtirok etmoqda.

    Forum yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tekshirish institutlari, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomlari imzolanib, ilmiy-innovatsion yoʻnalishlarda faol hamkorlik ishlarini olib borish, jumladan, stajirovkalar tashkil etish, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun qoʻshma taʼlim yoʻnalishi faoliyatini tashkil etish, fundamental va amaliy qoʻshma loyihalari boʻyicha xalqaro tanlovlarda ishtirok etish, ilmiy amaliy anjumanlar tashkil etish, xorijiy ilmiy institutlar bilan doʻstona aloqalarni yanada kengaytirish maqsad qilingan.