Bu yilgi fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

    Shvetsiya Qirollik akademiyasi Nobel qoʻmitasi Syukuro Manabe, Klaus Xasselman va Jorjo Parizini fizikada murakkab tizimlarni oʻrganishdagi novatorlik ishi uchun taqdirladi.

    Klaus Xasselman va Syukuro Manabe “Yer iqlimini fizik modellashtirish, oʻzgarishlarning miqdoriy tahlili va global isishning ishonchli prognozi”ni ishlab chiqqan. Jorjio Parizi esa “Xaos va tebranishlar fizik tizimlarda — atomdan sayyoragacha boʻlgan miqyosda qanday oʻzaro taʼsir qilishi”ni aniqlagan.

    Syukuro Manabe maxshur klimatolog. Kompyuter paydo boʻlgandan beri iqlim oʻzgarishlarini moddelashtirish bilan shugʻullanadi. Uni bu yoʻnalishning otasi desa ham boʻladi. Klaus Xasselman ham shu sohada nom chiqargan klimatolog.

    Djordjo Parizi esa, fizik nazariyotchi. Kvant maydon nazariyasi, kvant mexanikasi va murakkab tizimlar ustida ishlagan.