Bu haqda “Xabar 24” telekanali internet sahifasida shunday deyiladi:
“Odatda ekzotik qushlar aprel oyining boshlarida keladi. Bu safar birinchi guruh fevral` o'rtalarida paydo bo'ldi. Mahalliy ekologlar bu o'zgarishlarni keskin isish, mintaqaga meteorologik bahorning erta kelishi bilan izohlamoqda. Pushtirang qushlar Aqtaudan 15 kilometr uzoqlikdagi sun'iy ko'lda joylashgan. Bu suv ombori flamingolar uchun emishga boydir”.
Eslatib o'tamiz, keyingi 10 yillikda Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumani hududida joylashgan Sudoch’e ko'lida ham flamingolar to'dasi paydo bo'lgan.
2014 yil bahorida Sudoch‘e ko'llar tizimida olib borilgan ornitologik tadqiqotlar vaqtida ko'lning sharqiy chegarasidagi kichikroq orolda flamingolarning katta uyalovchi koloniyasi topilgan. O'shanda olimlar orolda flamingoning 7000 osobi va 3000 ga yaqin uyasini sanagan. Bu O'zbekistondagi eng katta koloniya bo'lib, u butun dunyodagi populyatsiyaning 1,4 foizini tashkil qiladi.