Haydovchi Pasko okrugidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqaruvni yo'qotib, daraxtga borib urilgan.

Meteorologlar allaqachon bu to'fonni “misli ko'rilmagan hodisa” deb atashdi, chunki u har yili Florida shtatining janubiy markaziy qismida emas, balki shtatning shimoli-g'arbida sodir bo'ldi. Gubernator Ron Desantis favqulodda holat e'lon qildi. 30 ta okrug aholisini evakuatsiya qilish tavsiya qilindi. Ayrim hududlarda suv sathi to'rt metrdan ko'proqqa ko'tarilishi bashorat qilinmoqda.

Soniyasiga 60 metr tezlikda esayotgan shamol 300 mingga yaqin iste'molchini elektr energiyasiz qoldirdi. Ana shunday omillar sabab AQShda 930 dan ortiq aviareyslar bekor qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.