"O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida fond va sug‘urta bozorlarini nazorat qilish sohasidagi vazirlik mutasaddilari hamda Ostona moliyaviy xizmatlar boshqarmasi (Astana Financial Services Authority (AFSA) vakili – pul yuvishga qarshi kurashish departamenti direktori Valixan Gusmanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi", deya xabar bermoqda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.

Uchrashuv davomida yurisdiksiyalar o‘rtasida tomonlararo hamkorlik o‘rnatishga asos bo‘ladigan transchegaraviy operatsiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, AFSA tomonidan kelgusida o‘zaro manfaatli bo‘lgan fond va sug‘urta bozorlarini nazorat qilish sohasida hamkorlik memorandumini tuzish taklif etildi.