Forbes 2024-yilda turistlar uchun dunyodagi eng xavfli 10 ta shaharni e'lon qildi

    Yangi tadqiqot 2024-yilda turistlar uchun dunyodagi eng “xavfli” shaharlarni aniqladi.

    Forbes Advisor reytingiga ko'ra, Venesuela, Pokiston va Myanmadagi shaharlar 2024-yilda xalqaro sayohatchilar uchun eng xavfli yo'nalishlar deb topildi.

    Tadqiqotda sayohat xavfsizligi reytingini ishlab chiqish uchun yettita xavf toifasi, jumladan jinoyatchilik, shaxsiy xavfsizlik, sog'liq, infratuzilma, tabiiy ofatlar va raqamli xavfsizlik kabi tamoyillarga ko'ra, 60 ta xalqaro shahar ko'rib chiqildi.

    Shaharlar tashrif buyuradigan sayyohlar uchun umumiy xavfni ko'rsatish uchun 100 balli shkala bo'yicha baholandi.

    Tadqiqotga ko'ra, sayohatchilar uchun eng katta xavf Venesuela poytaxti Karakas hisoblanadi. Bu shahar xavflilik darajasi bo'yicha 100 ball olgan yagona shahardir. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo'stlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO) Venesuelaning ma'lum hududlariga barcha sayohatlardan voz kechishni maslahat beradi.

    Ro'yxatdagi keyingi shahar Karachi (Pokiston) bo'ldi. Mintaqadagi terrorchilik xavfi tufayli sayyohlar uchun ikkinchi eng xavfli shahar deb topildi.

    Uchinchi o'rinni Myanmaning Yangon shahri egalladi. Ushbu shahar 91,67 ball oldi va shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash, tabiiy ofatlar va sog'liqni saqlash xizmatlarining sifatsizligi xavfi yuqori ekanligini ko'rsatdi.

    Shu bilan birga, Singapur sayohatchilar uchun eng xavfsiz shahar deb topildi. Bu mamlakat tabiiy ofatlar xavfi pastligi, salomatlik xavfsizligi va infratuzilma tahdidlari bo'yicha 0 ball oldi.

    Ikkinchi eng xavfsiz shahar Tokio (Yaponiya), uchinchi o'rinni Kanadaning Toronto shahri egalladi, deb xabar beradi unian.net.

    Turistlar uchun eng xavfli 10 ta shahar reytingi:

    Karakas, Venesuela – 100 ball;

    Karachi, Pokiston – 93,12 ball;

    Yangon, Myanma – 91,67 ball;

    Lagos, Nigeriya – 91,54 ball;

    Manila, Filippin – 91,49 ball;

    Dakka, Bangladesh – 89,5 ball;

    Bogota, Kolumbiya – 86,7 ball;

    Qohira, Misr – 83,44 ball;

    Mexiko shahri, Meksika – 82,43 ball;

    Kito, Ekvador – 82,02 ball.