Hududiy elektr tarmoqlari AJning xabar berishicha, masʼullar voqea joyiga chiqib, holatni oʻrgandi.
Aniqlanishicha, uzluksiz yomgʻir va kuchli shamol taʼsirida elektr tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. Avariyaviy holat qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan boʻlib, hozirda hududda elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklangan.
Shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida qishloqda yangi temir-beton ustunlar oʻrnatish va tarmoqlarni yangilash ishlari davom ettirilmoqda.
Fuqaro tomonidan 3 bosh chorva molining nobud boʻlgani yuzasidan bildirilgan moddiy zararni qoplash masalasi boʻyicha esa, amaldagi qonunchilikka koʻra, zararni baholash va undirish vakolatli sud organlari tomonidan hal etilishi maʼlum qilindi.
Murojaat egasiga nizoni sud tartibida koʻrib chiqish huquqlari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Kompaniya maʼlum qilishicha, barcha masalalar qonun ustuvorligi asosida hal etiladi.