Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali quyidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi, jumladan:
- xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik;
- transportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
- belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kmdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborish;
- toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi va boshqalar.
Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun jazo qoʻllash muddatlari aniq belgilandi.
Yoʻl qoidalari buzilganligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1 oydan kechiktirmay qoʻllanadi.
Maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1-yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.