“Dunyo“ AAning xabar berishicha, muzokaralar chogʻida kompaniya rahbari Oʻzbekistonda ispan texnologiyalari va brendidan foydalangan holda shahar, shaharlararo va sayyohlik avtobuslari, mikroavtobuslar ishlab chiqarishni tashkil etishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, Toshkent avtoparklaridan foydalanishdan chiqarilgan “Mercedes Conecto” rusumli avtobuslarni elektrobuslarga aylantirish loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Ispaniya tomoni raqobatbardoshlik va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda “SamAvto” zavodi negizida qoʻshma loyihasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish taklifini bildirdi.