Tashrifdan asosiy maqsad – taʼlim sohasidagi bir qator qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, dars jarayonlariga zamonaviy uslublarni tatbiq etish, bu borada talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashinuvini amalga oshirish hamda boshqa ko‘plab loyihalar muhokamasidan iborat.

Bundan avval, Fransiya Ruan Normandiya univetsiteti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida 3 yillik hamkorlik memorandumi onlayn tarzda imzolangan edi. Shuningdek, 2021 yil noyabr oyida Buxoro va Samarqand shaharlarida tomonlarning o‘zaro uchrashuvi tashkillashtirilishi rejalashtirib olingan.

Mazkur hamkorlik doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti bilan keng qamrovli taʼlim va ilmiy aloqalar, xususan, uning huzuridagi, hozirda Buxoro turizm madaniy meros texnikumining nufuzli Yevropa oliy taʼlim muassasasi bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumining onlayn imzolash marosimi bo‘lib o‘tib, tomonlarning o‘zaro uchrashuvi 2021-yil noyabr oyida Buxoro va Samarqandda tashkillashtirilishi rejalashtirib olingan edi.
Ruan universiteti professor-o‘qituvchilari Fransiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi taʼlim sohasiga oid qo‘shma dasturlar doirasida Ikki kun davomida ish olib borishadi.