Ijodiy guruh sayohati Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda respublikamizning Fransiyadagi elchixonasi bilan birgalikda mamlakatlar orasida yurtimiz turizm salohiyatini yana-da keng targʻib etish hamda turistik yoʻnalishlarimizni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
“STEP by STEP Productions” vakillari yurtimizga tashrifi davomida Toshkent, Margʻilon, Nukus, Buxoro Samarqand shaharlari hamda Moʻynoq, Boʻstonliq tumanlarida boʻlib, hudularning diqqatga sazovor joylarini tasvirga oldi.
Maʼlumot uchun: “Des train pas comme les autres” Fransiyaning 1987-yildan beri efirga uzatiluvchi eng mashhur hujjatli seriallaridan biri. Keng auditoriyaga (1,5 million tomoshabin) moʻljallangan. Televizion loyiha madaniy va sayyohlik xususiyatiga ega boʻlib, tomoshabinlarni turli shaharlar va mamlakatlarning tabiiy hamda madaniy xususiyatlari, mahalliy aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishtiradi.