VVSining xabar berishicha, hakamlar hayʼati raisi amerikalik rejissyor Spayk Li boʻlib, uning vatandoshi Jodi Foster kinodagi katta xizmati uchun beriladigan “Faxriy oltin Palma”ni oladi.

Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, davom etayotgan pandemiya tufayli festival qatʼiy sanitariya choralari ostida oʻtkazilmoqda. Tashkiliy qoʻmitaning qaroriga binoan film namoyish etiladigan joylarda boʻlish uchun har 48 soatda koronavirus testini topshirish yoki Yevropa Ittifoqida tasdiqlangan dorilar bilan emlanganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.