Oshpaz shu qisqa muddat ichida o’z shogirdlariga Yevropa va milliy taomlarni tayyorlash sirlarini oʻrgatdi hamda yuqori servis xizmatlari sirlari bilan oʻrtoqlashdi.
Tiyeri Dezaga bilan xayrlashuv kechasida talabalar ikki oy davomida undan o'rgangan taomlardan namunalar taqdim etishdi.
“Yurtimga qaytyapman, ammo Sizlarni va bu dargohdagi barchani sogʻinib qolaman. Aminmanki, men oʻrgatgan bilim va koʻnikmalar bilan siz sayyohlarni kutib olish maskanlarida mahoratingizni namoyish etasiz, yuqori servisning qanday ekanligini namoyon qilasiz. Gastronomiya sohasida yetuk kadrlar bo'lib yetishasiz, bunga ishonaman!”- dedi Tiyeri oʻz talabalariga qarata.
Tadbir yakunida barcha talabalar fransuz oshpazidan sertifikatlarga ega boʻlishdi. O'z o'rnida viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi mutasaddilari ham Tiyeri Dezagaga Buxoro sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi esdalik sovg'alarini taqdim etishdi.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda turizm xizmatlarini yaxshilashga qaratilgan bu kabi loyihalar davom ettiriladi.