Fransiya Birinchi jahon urushi davriga tegishli zavodni qayta ochdi

    Ukrainadagi urush tufayli Frantsiya Birinchi jahon urushidan qolgan, avval porox ishlab chiqargan zavodni qayta ochdi.

    2007-yilda buyurtmalar yetarli emasligi sababli korxona demontaj qilingan. Ukrainadagi urush fransuzlarni uni qayta ochishga majbur qildi. Bu haqda 12-aprel kuni BFM-TV xabar berdi.

    Qayd etilishicha, zavod ochilishida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham ishtirok etgan. Uning ta'kidlashicha, zavodni qayta tiklash shoshilinch va Ukrainaga artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun zarur.

    Zavod kelasi yili to'liq ishga tushadi. Unda yiliga 1200 tonna mahsulot ishlab chiqariladi, deb xabar beradi korrespondent.net.