Fransiya Bosh vaziri Lekornyu iste'foga chiqdi

    Frantsiya Bosh vaziri Sebastyan Lekornyu tayinlanganiga bir oy ham bo'lmay iste'foga chiqdi, deb xabar berdi BFM TV.

    “Bosh vazir Sebastyan Lekornyu [Fransiya Prezidenti] Emmanuel Makronga iste'foga chiqish haqida ariza berdi”, deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, Makron allaqachon Bosh vazirning iste'fosini qabul qilgan. Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, uning iste'foga chiqishiga Lekornyu mahkamasi, xususan, o'ng qanot partiyalarining keskin tanqidlari sabab bo'lgan.

    Lekornyu 10-sentabrda avvalgi Bosh vazir Fransua Bayru iste'foga chiqqanidan keyin hukumatga boshchilik qildi. Biroq hukumatning iqtisodiy siyosati va byudjetni qisqartirishdan norozi fuqarolarning ommaviy noroziliklari davom etdi, deb xabar berdi lenta.ru.