«Xuddi bolalar suvga tosh uloqtirib o'ynayotganidek, kundan-kunga koronavirus bilan kurashishga milliardlab evro sarflayapmiz. Buning esa oxiri ko'rinmayapti, demakki, moliyaviy inqirozning tubi yo'q. Buncha xarajatni chiqarib olishiniyam o'ylamasak oxiri voy bo'ladi, nimanidir bahridan o'tishga to'g'ri keladi», — dedi Distangian.

Tadbirkorning xomcho'tlariga ko'ra, mamlakatni inqiroz jaridan tortib olishga 50 mlrd. dollar kerak bo'ladi.

SHuningdek, Stefan mamlakatdan undan boshqa yana ko'plab rasmlar borligini va bu Frantsiya uchun katta yo'qotish bo'lmasligini ta'kidladi.

Ma'lumot uchun: «Mona Liza» («Jokonda») asarini Leonardo da Vinchi 1503-1505 yillarda chizgan. Ayni paytda asar Frantsiyadagi Luvr muzeyida saqlanmoqda. 2005 yildan beri asar uchun alohida xona qilingan bo'lib, o'q o'tmas oyna bilan himoyalangan.