Suhbat chogʻida Afgʻonistondagi bugungi vaziyat va uning rivojlanish istiqbollari, shuningdek, ikki davlatning afgʻon inqirozini hal etish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.
Fransiya tomoni Fransiya va Yevropa Ittifoqiga aʼzo boshqa davlatlar fuqarolarini Afgʻonistondan evakuatsiya qilishda Oʻzbekiston koʻrsatgan yordamini yuqori baholadi.
Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik va boshqa yordam koʻrsatish borasida fikr almashildi. Shu nuqtayi nazardan, Fransiya tomoni Oʻzbekistonning Afgʻoniston xalqiga yordam koʻrsatish boʻyicha Termiz shahrida gumanitar markaz tashkil etish tashabbusini olqishladi.
L.de Rankur Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatish boʻyicha Fransiyalik sheriklarning Oʻzbekiston bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.