Cheklovlar jamoat transporti, xiyobonlar, plyajlar, kutubxonalar va maktablarga tegishli. Ushbu chora, birinchi navbatda, bolalarni passiv kashandalikdan himoya qilishga qaratilgan. Hukumatning asosiy maqsadi 2032-yilga borib chekuvchilar sonini 5 foizga kamaytirishdir.
Fransiya Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, har yili mamlakatda chekish oqibatlaridan 75 minggacha odam hayotdan ko'z yumadi. Yomon odatlarning umumiy zarari esa yiliga 176 milliard dollardan oshadi, deb xabar beradi 24.kz.