To'g'ri, u qisqartirilgan shaklda o'tkazilmoqda. 27- 29 oktyabr` kunlari “Lyum`er” zalida 4 ta to'liq, 11 ta qisqa metrajli fil`mlar va dunyo kino maktablarining 17 ta asari namoyish etiladi. G'oliblar hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi, unda festival tarixida birinchi marta rais bo'lmaydi.
Festivalni fransuz rejissyori Emmanuel Kurkolning “Zafar” fil`mi ochdi. Bu qamoqxonada dramada darslari beradigan taniqli aktyor haqidagi komediya. Bosh rolni Ked Merad ijro etgan.
San-Sebast`yan shahridagi kinofestivalning asosiy sovrindori, to'rtta mukofot, jumladan eng yaxshi fil`m va rejissura nominatsiyalariga loyiq deb topilgan Dei Kulumbegashvilining “Boshlanish” gruzin kartinasi ham ushbu kinofestivalda namoyish etiladi.