Mamlakatimizning Parij shahridagi elchixonasi Frantsiyaning oliy o'quv yurtlari va yirik kutubxonalariga o'zbek tilida chop etilgan adabiyotlarni muntazam ravishda taqdim etib keladi.
Ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlardan biri “O'zbek tili xorijliklar uchun” o'quv qo'llanmasining Frantsiyaning SHarq tillari va tsivilizatsiyalari milliy instituti kutubxonasiga sovg'a qilinishi bo'ldi.
Mazkur institut kutubxonasi ilmiy ishlar bo'yicha direktori Benjamin Gishar taqdim qilingan kitoblar uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. O'zbek tilidagi adabiyotlarning ko'payayotgani talabalarda o'zbek tilini, madaniyatini, tarixini o'rganishga qiziqishini oshishiga turtki berayotganini ta'kidladi.
“Bu kitoblar institutimiz talabalari, o'qituvchi va professorlariga juda foydali bo'ladi va o'zbek tili bo'yicha bilim va so'z boyliklarini oshishiga xizmat qilishiga ishonamiz”, – dedi Benjamin Gishar.