Fransiyada qor ko'chkisi oqibatida to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi

    Fransiyaning markaziy qismidagi Pyui-de-Dom departamentida yuz bergan qor ko'chkisi tufayli to'rt nafar chang'ichi halok bo'ldi.

    Bu haqda France Bleu radiostansiyasi ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, to'qqiz kishidan iborat guruh qor ko'chkisi ostida qolgan. Ulardan to'rt nafari halok bo'lgan, uch nafari yengil tan jarohati olgan, ikki nafari esa jabrlanmagan.

    Halok bo'lganlar orasida guruhga hamrohlik qilgan gid ham bor, deb xabar beradi report.az.