Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi Fransiyaning A.S.I.E xalqaro jamgʻarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha dasturi boʻyicha Fransiya Oliy hunarmandchilik maktabining kulolchilik ixtisosi boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar Elodi Dyuvin va Alis Janellarning mamlakatimizga 2 oylik tashrifi boshlandi.

Xorijlik talabalar tashrif davomida Oʻzbekiston kulolchilik maktablari bilan yaqindan tanishadilar hamda yurtimizning diqqatga sazovor maskanlarida boʻlib, xalqimizning urf odatlari bilan tanishadilar.

Ayni paytda Fransiyalik talabalar Elodi Dyuvin va Alis Janellar gʻijduvonlik usta kulol Abdullo Narzullayevning kulolchilik muzeyi majmuasida amaliy mashgʻulotlarni boshladilar.