Fransiyalik mutaxassis “Navoiyuran” DK bosh direktoriga maslahatchi boʻldi

    Geologiya sohasi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega Jerard Friyes korxona bosh direktorining geologiya boʻyicha maslahatchisi sifatida ish boshladi.

    Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Navoiyuran” davlat korxonasini rivojlantirish va transformatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da korxona boshqaruv lavozimlariga xorijiy mutaxassislarni va ekspertlarni jalb qilish boʻyicha ham vazifalar belgilangan.

    Geologiya sohasi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega Jerard Friyes korxona bosh direktorining geologiya boʻyicha maslahatchisi sifatida ish boshladi.

    U bunga qadar Fransiya, Buyuk Britaniya, Qozogʻiston, Rossiya va Gabon davlatlarining Orano mining, IFP Energiyes Nouvelles, Total, Veolia Environnement, BeicipFranlab, Elf Gabon, CGGVeritas, KATCOO kabi nufuzli kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.